Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

To‘lqin Qilichevning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berildi

To‘lqin Qilichevning ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berildi

Baho:
+ | -

Kecha xorijiy ommaviy axborot vositalarida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.

Hammangizga ma’lumki, murabbiylik faoliyati juda murakkab ish, ayniqsa bu darajadagi nufuzli Olimpiya o‘yinlarida jamoani tayyorlash, musobaqadagi ishtirokdan so‘ng g‘alaba va mag‘lubiyatga ko‘nikish murabbiydan katta ruhiy bosimni, shu bilan birga bunday yuqori darajadagi musobaqa odamdan kuchli matonat va ruhiy zo‘riqishlarni talab qiladi.

Kuni kecha boks terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev sog‘ligida biroz muammolar kuzatilgan hamda, sportchilar kiyinish xonasida tashkiliy qo‘mita shifokorlari tomonidan murabbiyimizga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi.

Ushbu yutuqlarda, butun dunyo boksida birinchi bo‘lishimizda murabbiyimizning juda ulkan hissasi bor. To‘lqin Qilichevga sog‘lik tilab, tezroq safimizga qaytishini kutib qolamiz.

Ishonamizki, tez kunlarda jamoamiz safiga qaytib, yana bokschilarimizni g‘alabalar tomon boshlab boradi, — deyiladi O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 10:37, 11.08.2024.
O'qildi: 4811 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.