Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Bernardu Silva: "Bir kun kelib "Manchester Siti" ham yutqazadi"

Bernardu Silva: "Bir kun kelib "Manchester Siti" ham yutqazadi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumidan kutayotganlari haqida fikr bildiridi.

"Raqiblarimiz yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolagan yana bir mavsum. Ular kuchliroq ko‘rinadi. "Arsenal" yildan-yilga yaxshilanib bormoqda, buni bilamiz. "Liverpul" har doim juda kuchli. Qolganlari – “Tottenxem”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ga kelsak, albatta, ular mavsumni “Liverpul” va “Arsenal”dek kuchli yakunlay olishmadi, ammo biz tayyor bo‘lamiz.

Futbolchilarimiz mag‘lubiyatni yoqtirmaydi. Mavsumga hamma kabi qiyin bo‘lishini bilib tayyorlanamiz. Va abadiy g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Bir kun kelib biz yutqazamiz. Umid qilamanki, bu mavsum emas, lekin bir kun kelib bu sodir bo‘ladi", - dedi Silva Manchester Evening News bilan suhbatda.

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" ketma-ket to‘rtinchi va 7 yil ichida oltinchi marta APL chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 09:26, 12.08.2024.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.