Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti: "Vaqtimiz kam bo‘lsa-da, hamma maydonga tushishi mumkin"

Anchelotti: "Vaqtimiz kam bo‘lsa-da, hamma maydonga tushishi mumkin"

Baho:
+ | -

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atalanta"ga qarshi UYEFA Superkubogi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kilian Mbappening jismoniy tayyorgarligi haqidagi savolga javob berdi.

"Hamma yaxshi formada, Kilian ham. U bu yerda bo‘lgan barcha kabi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Vaqtimiz kam bo‘lsa-da, hamma o‘ynashi mumkin. Kilian juda yaxshi moslashadi, diqqatini jamlaydi, o‘zining ajoyib fazilatlarini namoyon etadi", - dedi Anchelotti Marca bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi mavsumoldi yig‘inida "qaymoqranglilar"ning barcha uchrashuvlarini o‘tkazib yuborgan.

Bugun, 14 avgust kuni Polshada "Real Madrid" - "Atalanta" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:46, 14.08.2024.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик