Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Sayfiddin Ermatov vafot etdi

Sayfiddin Ermatov vafot etdi

Baho:
+ | -

Uzoq yillar davomida iqtidorli sportchilarni tayyorlagan, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga xissa qo‘shgan SAYFIDDIN IRMATOVning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari hamda oilasiga ta’ziya bildiramiz.

Ma’lumot uchun, Sayfiddin Gaziyevich Irmatov 1953 yil 22 fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Bolaligidan futbolga mehr qo‘yib, millionlar o‘yini bilan shug‘ullanib kelgan. Jumladan, yoshlik davrlarida “Paxtakor”, “Spartak” va “Avtomobilchi” jamoalarida to‘p surgan. Shundan so‘ng Sayfiddin Gaziyevich “Paxtakor” bolalar-o‘smirlar sport maktabi va xalq orasida “Chig‘atoy” nomi bilan mashhur bo‘lgan futbol bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.

Sayfiddin Irmatov faoliyati davomida ko‘plab iste’dodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qo‘shgan. Shogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish bo‘yicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Irmatov, shuningdek, Abduhamidullo Rasulov kabi taniqli hakamlarni uchratish mumkin. Shuningdek, tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan.

O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!

Kiritildi: 16:46, 14.08.2024.
O'qildi: 3238 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик