"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 1-turi doirasidagi "Valensiya" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi. Polshalik forvard dubl qayd etdi.
"Ko‘plab yoshlar ishtirok etgan juda og‘ir o‘yin... Juda qiyin maydon. Hozir bizda keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun butun bir hafta bor.
Bugun yoshlar juda yaxshi o‘ynashdi. Eng muhimi, uch ochko bilan ketamiz. Birinchi bo‘lim tugaguniga qadar hisobni 1:1 qilib qo‘yish juda muhim edi. Oxirgi daqiqalarda o‘yinni nazorat qilib oldik.
Bu mavsumdagi maqsadim gol urish. Ishonch qozonadigan tarzda boshlash juda muhim", - dedi Levandovski Marca bilan suhbatda.