Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Aleksandr Krestinin Osiyo va Rossiya futboli haqida

Aleksandr Krestinin Osiyo va Rossiya futboli haqida

Baho:
+ | -

Rossiyalik murabbiylar so‘nggi yillar Osiyo futboliga ko‘proq yuzlanishmoqda.

Mana, Magomed Adiyev Qozog‘iston milliy jamoasi bilan Yevro-2024 saralashida biroz shov-shuv ko‘tardi va shundan so‘ng o‘rnini hamyurti Stanislav Cherchesovga bo‘shatib berdi. Rossiyada uncha tanilmagan krasnodarlik Aleksandr Krestinin esa Osiyoda ancha oldin ish boshlagan. Bilasiz, avvaliga Qirg‘izistonda jiddiy natijalarga erishgan mutaxassis hozirda «Lokomotiv»ni boshqarmoqda. Yaqinda championat.com muxbiri Toshkent­ga qo‘ng‘iroq qilib, Krestinin bilan bafurja suhbatlashdi. Quyida «temiryo‘lchilar» ustozining intervyusi qisqartirilgan holatda hukmingizga havola etilmoqda.

- O‘zbekiston olimpiya termasining Parij-2024dagi ishtirokiga qanday baho berardingiz?

— O‘z-o‘zidan tushunarliki, O‘zbekiston futbolining Olimpiadaga chiqqani og‘ir tosh bosadi. Har holda, turnirga borish uchun katta yo‘lni bosib o‘tish kerak. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo kubogida muvaffaqiyatli o‘ynadi. Lekin ishoning, raqobat juda baland va hamma ham bunday natijaga erisholmaydi. Olimpiadaning o‘ziga kelsak, jamoaning Ispaniya termasiga qarshi o‘yini yaxshiroq chiqdi. Lekin nima bo‘lganini murabbiylar shtabi tahlil qiladi. Keraksiz gol qo‘yib yuborildi, hujumda harakatlar qovushmadi, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. Boshqa tomondan, yigitlar ispanlarga qarshi zo‘r o‘ynashdi. Aslida O‘zbekiston termasi yuqori saviyada o‘ynashga tayyor, faqat Olimpiadada ishlar o‘xshamadi. Buni tajribasizlikka yo‘ymayman, shunchaki, gohida shunaqa bo‘ladi. JCHga amaldagi chempion maqomida borgan jamoalar necha marta guruhdan chiqolmaganini bir eslang. Olimpiya termasi murabbiylar shtabini yaxshi bilaman. Xususan, misrliklar bilan o‘yinda jamoaning kuchi kamlik qildi, deb o‘ylamayman.

— Bu jamoada kimlar asosiy «figura» rolida edilar?

— Murabbiylar. Shuningdek, Shomurodov va Fayzullayevni ham alohida tilga olaman. Umuman, malakali futbolchilar borasida katta tanlov bor edi, lekin biror yigitni alohida ajratib ko‘rsatolmayman. Bir tomondan, faqat yaxshi ijrochilar to‘plangan jamoada ishlash nisbatan qiyin. To‘g‘ri, har qanday murabbiy shunday guruh bilan ish yuritishni xohlaydi. Menimcha, shtab jamoani to‘g‘ri tayyorlagan, faqat maydonga murabbiylar tushmasliklarini unutmaslik kerak. Ya’ni g‘oyalar har doim ham amalga oshavermaydi, buning uchun futbolchilarni ayblash ham no­o‘rin. Hozircha ularning kunlari kelmagan ekan...

— Sizningcha, Abbos Fayzullayev RPLda qancha ushlanib turadi yoki u allaqachon top-chempionatga tayyormi?

— U hozirda nafaqat SSKA klubi, balki O‘zbekiston yoshlar va milliy jamoalari asosiy futbolchilaridan biri. Yana qanday tajriba to‘plashi kerak? Agar hammaga ma’qul taklif tushsa, ketadi. Abbos pasport bo‘yicha hali yoshdir, lekin o‘yin bobida allaqachon yetarli tajribaga ega. Asablari ham mustahkam, yana nimani o‘rganishi mumkin? Individual mahoratni esa har qanday yoshda oshirish imkoni bor. Qisqasi, Fayzullayev eng yuqori saviyadagi chempionatga tayyor, menimcha.

- O‘runov Rossiyada nega muvaffaqiyatsizlikka uchradi, sizningcha? «Spartak»da katta umid bosimini ko‘tarolmadimi?

- Mohiyatan, klub ichida nimalar bo‘lganini bilmayman, lekin o‘yinlariga qarasak va Ostonga yaqin bo‘lganlarning aytishlaricha, u individual va jamoaviy harakatlar o‘rtasida muvozanatni topolmagan. O‘runov individual tomonlama juda kuchli, ammo futbolchi jamoada o‘zini ko‘rsatishi uchun muvozanatni bilishi kerak. O‘runovdan o‘z o‘yinini jamoaga singdirish talab etilgandi, ammo «Spartak»da ham, boshqa klublarda ham bu amalga oshmadi.

— Oston Eronda faoliyatini qayta tezlatishga erishdimi?

- Keling, ozgina kutaylik. Uning yaxshi chempionatga ketgani aniq, ammo bundan nima chiqishini vaqt ko‘rsatadi. Menimcha, futbolchi aniq xulosalar chiqardi. Hali yosh, uning uchun hammasi oldinda.

— Ko‘pchilik Rossiya milliy jamoasining Osiyo termalari bilan o‘ynaganiga salbiy qaradi. Negaligini tushundingizmi?

- Bunday odamlar Rossiya termasi o‘yinlari haqidagi fikrlarini haligacha o‘zgartirmagan bo‘lsalar kerak. Xo‘sh, qaysi jamoa bilan o‘ynash kerak? Axir nazorat uchrashuvlari zarur-ku. Rossiya termasi xalqaro arenaga qachon qaytarilishi noma’lum, ammo bunga tayyor turish kerak-ku. RFI boricha harakat qilmoqda, menimcha. O‘ylaymanki, bizga bunday o‘yinlar juda zarur.

— Diskvalifikasiya ortidan Rossiya futboli saviyasi pasaymadimi?

— Aniq javob berish uchun xalqaro o‘yinlar kerak. Saviya pasayib ketganini ta’kidlashdan ma’no yo‘q. Deylik, 2 yilcha oldin yetakchi klublarimiz CHL va YELda muvaffaqiyat qozonganmidi? Oddiy misol, yuqori saviyali legio­nerlarga ega «Zenit» qachon guruhdan chiqqandi?

— Qiziq, Toshkentning «Lokomotiv» klubiga qanday borib qoldingiz?

— Bizni Qirg‘izistondagi ishimizdan bilishadi, qolaversa, o‘tgan yili ham O‘zbekistonda ishlaganmiz. Klub menejerlari - futbol odamlari. Qo‘ng‘iroq bo‘ldi va barchasini tezda muhokama qildik. Albatta, o‘ziga xos talablarimiz bor, lekin odatda menejerlar bilan tezda til topishamiz.

- Rahbariyat oldingizga aniq vazifalarni ham qo‘ygandir...

— Jamoani turnir jadvali nuqnai nazaridan uncha yaxshi bo‘lmagan holatda qabul qilib oldik. Maqsad - har bir o‘yinda g‘alaba qozonish va iloji boricha yuqori o‘rinlarga ko‘tarilish. O‘ylaymanki, chempionatning ikkinchi yarmida muammolarni hal qila olamiz.

— Rossiya klublari mahalliy murabbiylar emas, asosan xorijlik mutaxassislarga tayanishi sababi nima?

— Aslida murabbiylarni o‘zimizniki va begonalar toifasiga ajratmayman. Men uchun malaka va tajriba birinchi o‘rinda turadi. Kim ko‘proq tajriba va yaxshiroq natijaga ega bo‘lsa, o‘sha ishlashi kerak. Qaysi murabbiyni tanlash esa rahbarlar hukmiga havola. Biroq barcha tayinlovlar mantiqiy zanjirga to‘g‘ri kelmasligini ham aytish joiz. Agar natija bo‘lsa, mayli, gap yo‘q. Ammo mahalliy murabbiylarga yetarli imkoniyat berilyaptimi? Bu borada vaziyat mavhum... 

— Cherchesov RPLda ish topolmagach, Qozog‘iston termasi boshqaruvini qo‘lga olganidan hayron qoldingizmi?

- Ish topolmadi? Bu nimani anglatadi? Cherchesovning duch kelgan sharoitda ishlashga ko‘nmasligi o‘z-o‘zidan tayin. Harqalay, ma’lum talablari va qarashlari bor. Har qanday murabbiy yaxshi sharoitda, hamjihatlikda ishlashni istaydi. Qozog‘istonda hammasi Cherchesovga ma’qul keldi. Bor gap shu. 

— O‘zingizchi, Markaziy Osiyoga qanday borgansiz?

— Qirg‘izistonga futbolchi sifatida yo‘l olgandim. Keyinchalik murabbiylik rolini taklif etishdi. Bungacha jarohat tufayli 6 oy o‘ynamagandim, keyin «C» lisenziyasi uchun o‘qish imkoniyati tug‘ildi. Qolaversa, qoidalar hozirgidek qat’iy emasligi tezda ish boshlashimga imkon berdi.

— Mahalliy mutaxassislarning hasadli munosabatini his qilganmisiz?

— Yo‘q, Osiyoda xorijlik murabbiylarga yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Odamlar juda mehribon va samimiy. O‘zbekistonda ham shunday. Aks holda, Osiyoda 14 yil ishlamasdim.

— Yaqinda «Lokomotiv» safiga Rossiyaning 2013 yilgi eng yaxshi yosh futbolchisi Konstantin Bazelyuk qo‘shildi. Uning yoshi va quyi ligalarda kezib yurganidan xijolat tortmadingizmi?

- Odatda futbolchilar pasportiga qaramayman. Ana, Ignashevich va Semak necha yoshgacha o‘ynashdi? Konstantin - malakali futbolchi. Yana tushunish kerakki, «Spartak» yoki «Ze­nit»ning yetakchi yosh futbolchisini O‘zbekiston chempionatiga jalb etish qiyin. 

— So‘nggi yillar RPLda 1ta jamoa yaqqol ustun ko‘rinmoqda. O‘zbekistonda «Paxtakor»ning vaziyati ham shundaymi?

— Murabbiyning yaxshi ishi va to‘g‘ri seleksiya­ni gegemoniyaga yo‘yyapsizmi? Odamlar yaxshi ishlashadi, shuning uchun 1-o‘rinda yuradilar. «Paxtakor»ga kelsak, O‘zbekistonda hamma u bilan raqobatlashadi. Jamoa hozir 1-o‘rinda ham emas. Deylik, o‘tgan yili mamlakat kubogini boshqa jamoa yutdi. 

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:37, 19.08.2024.
O'qildi: 1090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.