Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Milan"ning g‘aroyib laboratoriyasi

"Milan"ning g‘aroyib laboratoriyasi

Baho:
+ | -

O‘yinchining sakrashidan u tez orada jarohat olish- olmasligini 70 foiz aniqlik bilan bashorat qilsa bo‘ladi.

Aynan shu kabi ilmiy isbotlarni oldinga surgan “Milan” izlanish laboratoriyasi jamoani futboldagi ma’lumotlar ilmi (data science) sohasida eng ildam jamoalardan biriga aylantirdi.

“Real Madrid” tarkibida ikki marotaba Chempionlar Ligasida chempionlikka erishgan Fernando Redondoni 2000 yil yanvar oyida “Milan” katta pulga (11 mln funt sterling) sotib oladi ammo afsuski, mashg‘ulot paytida oddiy yugurish yo‘lakchasida jarohatlanib qoladi va 837 kunga safdan chiqadi.

Bu esa tabiiyki “Milan” mutasaddilariga yoqmaydi hamda ushbu hodisa jamoada katta o‘zgarishlarga asos soladi.

Tibbiyot laboratoriyaga katta sarmoya kiritiladi, har bir o‘yinchi ustida jismoniy testlar oltb boriladi va databaza (ma’lumotlar bazasi) yaratiladi.
2013 yilgacha 1.2 million jismoniy test o‘tkazilgan.

Mirsman qo‘li ostida bu laboratoriya “Milanga” 2000-2010 klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlaridan biri bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘rikdan o‘tgan yangi o‘yinchini sotib olish yoki olmaslik qarori murabbiydan oldin aynan Mirsman “qo‘lidan o‘tardi”.

Laboratoriya ma’lumotlar bilan ishlashda shunchalik samarali faoliyat olib bordiki, hatto yoshi katta o‘yinchilarni ham qo‘rqmay sotib olishdi.

Masalan, Kafu Romadan 32 yoshida sotib olinadi va besh yil yuqori formada o‘ynab berdt. Devid Bekhem ham bunga misol bo‘la oladi. (Qiziq ma’lumot: Mirsman Bekhemga 38 yoshigacha o‘ynashni maslahat beradi va o‘yinchi o‘sha yoshida futboldan ketadi.)

2007 yilgi Chempionlar Ligasi finalida Liverpulga qarshi maydonga tushgan o‘yinchilarning hammasi 31 yoki undan katta bo‘lishgan! Jamoa sardori Maldini 38 yosh, Inzagi 33 yoshida o‘yindagi ikkita golni ham urgan holda jamoa chempilnlikni qo‘lga kiritadi. Bu sovrinni “Milanning laboratoriyasi va ma’lumotlar bazasi yutdi” deydi “Soccernomics” muallifi.

Manba: @SamvelKarlenovich
Kiritildi: 19:59, 23.08.2024.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.