"Men avval bu jangning o‘tkazilishini istardim, ammo aftidan u hozir faoliyatini yakunlagan. U qancha payt jang qilmadi? Uch yoki to‘rt yil?
Taxminan shu atrofida. Qachonlardir uni yana o‘yinda ko‘rishimiz mumkin - ammo hozir u men bilan oktagonga chiqishga loyiq emas.
Men chempionman! Konor ham chempion bo‘lgan, lekin hozir u hech kim emas. U xatto reytingda ham yo‘q. Lekin u qaytib, reytingga kiradigan bo‘lsa, nima uchun yo‘q!", - dedi Topuriya.