Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

MMA. Konor kutilmagan murojaat qoldirdi

MMA. Konor kutilmagan murojaat qoldirdi

Baho:
+ | -
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ijtimoiy tarmoqda kutilmagan murojaat qoldirdi.

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi dunyoning eng kuchli ligasi rahbarlaridan o‘zini ozod etishni so‘ragan. 

"Qachon men ozod bo‘laman?", - deya ijtimoiy tarmoqqa murojaat joylagan Konor.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor 29 iyun kuni Las-Vegasda o‘tgan UFC 303 turnirida uch yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini qayta tiklashi kutilgandi. O‘sha kuni u amerikalik Maykl Chendlerga qarshi oqshomning markaziy jangida oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin irlandiyalik jangga ikki hafta qolgan bir paytda oyoq barmog‘ini sindirib olgandi. Keyinchalik jangning yangi muddati sifatida 7 dekabr kuni o‘tkaziladigan UFC 310 turniri aytilgandi. Ammo UFC rahbari Dana Uayt bu xabarni tasdiqlamagan edi. 

Konor Makgregorning so‘zlariga qaraganda, UFC bilan uning yana ikkita jang uchun shartnomasi bor.

Manba: fighttime
Kiritildi: 18:28, 26.08.2024.
O'qildi: 2348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик