Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

"Aston Villa" darvozaboni: "Biz kubok yutishimiz kerak"

"Aston Villa" darvozaboni: "Biz kubok yutishimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines joriy mavsum va sovrinlarni qo‘lga kiritish klub uchun muhimligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mashg‘ulotlarda baland ovozda aytaman: "Biz kubok yutishimiz kerak, hech bo‘lmaganda finalda o‘ynashimiz kerak". Bu klub va bu muxlislar kubok kampaniyasiga loyiq. Men bu yerda bo‘lishni yaxshi ko‘raman, lekin taraqqiyot ko‘rmagan klubda qolmayman. Chunki men yangi cho‘qqilarni zabt etishni, g‘alaba qozonishni, imkonim bo‘lsa, dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishga harakat qilishni xohlayman", - deya Martinesning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Ushbu yozda Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines "Aston Villa" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolagan edi.

Kiritildi: 07:35, 27.08.2024.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик