Krishtianu Ronaldu terma jamoalar to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamligini mustahkamladi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Millatlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida (2:1) Xorvatiya terma jamoasi darvozasiga gol urdi.
Bu Ronalduning terma jamoadagi 131-goli bo‘ldi - bu ko‘rsatkich bo‘yicha portugaliyalik rekordchi hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinni 109 ta gol bilan argentinalik Lionel Messi band etgan.