Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi doirasidagi Shotlandiya ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi. 39 yoshli hujumchi g‘alaba to‘pini kiritdi.
"Ikki o‘yin, ikkita g‘alaba. Yordamingiz uchun rahmat, olg‘a Portugaliya!” — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.