Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Rossiyalik ekspert: “Qirg‘iziston O‘zbekistonni mag‘lub etishi mumkin”

Rossiyalik ekspert: “Qirg‘iziston O‘zbekistonni mag‘lub etishi mumkin”

Baho:
+ | -

JCH—2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan Qirg‘iziston—O‘zbekiston uchrashuvi 10 sentyabr kuni D.O‘murzoqov nomidagi stadionda bo‘lib o‘tadi.

Jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlari doirasida jami 4 ta uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvlarning barchasida O‘zbekiston milliy jamoasi g‘alaba qozongan.

O‘zbekiston termasi so‘nggi uch uchrashuvdan ikkitasida g‘alaba qozondi va bir bora durang o‘ynadi: uchinchi saralash bosqichining 1-turida KXDR ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonildi. 2-saralash bosqichida Eron bilan durang va Turkmaniston bilan g‘alaba qayd etildi.

Qirg‘izistonda so‘nggi uch bahsda g‘alaba qozonganicha yo‘q: Malayziya va Ummon bilan durang Eronga qarshi so‘nggi o‘yinda mag‘lubiyat.

So‘nggi bahslar va terma jamoalarning FIFA reytingida joylashuvida ham O‘zbekiston jamoasi ustun. Ammo ba’zi ekspertlar ushbu uchrashuvda O‘zbekiston mag‘lub bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

“Shimoliy Koreya bilan o‘yinda hammasi aniq bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchilar maydon markazida muammolarga duch kelishmoqda, jamoa yarim himoyachilari to‘pni ushlab turib hujumga o‘ta olmayapti. O‘zbekistonliklar faqat qanotlar orqali o‘ynashmoqda. O‘zbekistonlik futbolchilar uchun raqibning har bir qarshi hujumi juda xavfli. Futbolchilarning jismoniy holati yomon. Qirg‘iziston jamoasi o‘z navbatida juda harakatchan. Futbolchilar tezkor va qarshi hujumlarda yaxshi o‘ynashadi. Agar O‘zbekiston jismoniy tayyorgarligini oshira olmasa, Qirg‘iziston raqibini mag‘lub etishi mumkin”, deydi rossiyalik ekspert va jurnalist Yevgeniy Mixaylov.

Ushbu bosqichda 18 ta terma jamoa 6 tadan 3 ta guruhga bo‘lingan. O‘yin natijalariga ko‘ra, har bir guruhdan ikkita eng yaxshi jamoa Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘rtinchi bosqichga yo‘l oladi, unda yana ikki jahon chempionati ishtirokchisi aniqlanadi. Yana bir o‘ringa qit’alararo pley-off orqali erishish mumkin.

A guruhida Eron, Qatar, BAA, KXDR, O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rin olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:00, 09.09.2024.
O'qildi: 5730 marta.
Fikrlar: 37 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.