Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pellegrini La Liga murabbiylik rekordini takrorladi

Pellegrini La Liga murabbiylik rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

“Betis” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Ispaniya oliy divizioni rekordchisiga aylandi.

Bugun "Leganes"ga qarshi o‘yin chililik mutaxassis uchun La Ligadagi 488-o‘yin bo‘ldi. Opta xabariga ko‘ra, Pellegrini bu ko‘rsatkich bo‘yicha xorijlik mutaxassislar o‘rtasida Ispaniya chempionatining sobiq rekordchisi, slovakiyalik Ferdinand Dauchik bilan teng.

Manuel Pellegrini 2020 yildan beri “Betis” safida ishlaydi. Bungacha u "Malaga" (2010-2013), "Real" (2009-2010) va "Vilyarreal" (2004-2009) klublarini boshqargan.

Kiritildi: 05:20, 14.09.2024.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.