Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chempionlik? Juda ham yaqinmiz, ammo kurash hali oldinda»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chempionlik? Juda ham yaqinmiz, ammo kurash hali oldinda»

Baho:
+ | -

Superligada 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. «Nasaf» klubi tur safarda «Navbahor» bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Muxlislarimizni tabriklayman. Kutganimizdek kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Yigitlar bugun maydonda jang qilishdi. Bahs davomida «Navbahor»da ustunlik bo‘ldi, ammo biz g‘alaba qozondik. Bu biz uchun muhim edi.

— Chempionlik intrigasi yakuniga yetdimi?

— Biz juda yaqinmiz. O‘yinlarimiz orqali bunga munosib ekanligimizni ko‘rsatyapmiz. Oxirigacha kurashamiz. Oldindan hech narsa demoqchi emasman.

— «Nasaf» o‘zaro qarama-qarshiliklarda kuchli raqiblar bilan o‘rtacha o‘ynab ham g‘alabani ilib ketayotganining siri nimada?

— Bizning kuchli ishtiyoqimiz rol o‘ynamoqda. Yigitlardan chiroyli futbolni so‘raymiz, ammo natijaga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, tartibli o‘yinimiz ham ochko olishimizga sabab bo‘lmoqda.

— OCHL doirasidagi o‘yin arafasida «Navbahor» bilan bahs katta ahamiyat kasb etdimi?

— Biz uchun uchrashuv juda muhim edi. Zaxira o‘rindig‘imiz keng. Bugun jamoamizga yordam bera olmagan 3 futbolchi ham OCHLda yordam beradi. Oson bo‘lmaydi. Bizni Quvvayt chempioni bilan bahs kutmoqda. Ob-havo ham farq qiladi.

— To‘p bilan ishlashda muammolar ko‘zga tashlandi, maydonning ahvoli bunga ta’sir qildimi?

— Maydon haqida hech narsa demayman. Shogirdlarimga bugun chiroyli o‘ynanglar deb aytmadim. Chiqib jang qilish kerakligini uqtirdim. Bizning chiroyli o‘yinimizni hech kim ertaga eslamasligi mumkin, ammo natija juda muhim.

— «Navbahor» bilan yil davomida 3 marotaba to‘qnash keldingiz. 3 murabbiyga qarshi o‘ynadingiz. Ularni taqqoslay olasizmi?

— Xo‘sh, buni chuqur o‘ylash kerak. Raqib tarkibida kuchli futbolchilar yig‘ilgan. Murabbiylarning o‘z qarashi bo‘ladi. Kolosovskiy 5 ta himoyachi bilan o‘ynagani yodimda, Babayan hujumlarga tezroq o‘tishga e’tibor qaratgan vertikal futbolni qo‘llaydi. Yangi murabbiy bilan to‘p nazoratiga e’tibor qaratmoqda.

— «Nasaf»ni zich taqvim kutmoqda, jismoniy tayyorgarlik masalasida muammo kuzatilmaydimi?

— Albatta, jamoa tonusda bo‘lmasada, jismonan tayyor bo‘lsa muammolarni yopib ketishi mumkin. Zaxiramiz keng. Bundan foydalanamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:26, 15.09.2024.
O'qildi: 2646 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик