Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Piolining "An-Nasr" bilan shartnomasi shartlari ma’lum bo‘ldi

Piolining "An-Nasr" bilan shartnomasi shartlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Stefano Pioli Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.

Italiyalik mutaxassis chorshanba kuniyoq "An-Nasr" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, Piolining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va kelishuvda yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish varianti ham ko‘zda tutilgan. 58 yoshli murabbiyning maoshi yiliga 8 million yevroni tashkil etadi va bonuslar qo‘shiladi.

Yozda Stefano Pioli Saudiya Arabistonining boshqa bir klubi "Al-Ittihod"ga tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bitim yakuniga yetmay qolgan.

Kiritildi: 06:27, 18.09.2024.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик