Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Simeone Xulian Alvaresning past samaradorligi haqida gapirdi

Simeone Xulian Alvaresning past samaradorligi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning qobiliyatiga shubha qilmayapti.

Argentinalik futbolchi "matraschilar" safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. O‘tgan oyda madridliklar forvardni "Manchester Siti"dan 75 million yevro evaziga sotib olgandi, ammo bonuslarni hisobga olsak, bu summa 95 millionga yetishi mumkin.

"Alvaresning maydondagi pozisiyasini qayta ko‘rib chiqasizmi? Yo‘q, men uni hujumchi sifatida ko‘raman. Men uni maydonga tushiryapman, chunki u juda muhim. U bu yerga o‘z saviyasini ko‘rsatish uchun kelgan va muvaffaqiyatga erishadi. Xuddi shu narsa Syorlotga ham tegishli, u ham o‘z o‘yinini topib oladi", - dedi Simeone Chempionlar ligasida "RB Leypsig" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (2:1) OAV bilan suhbatda.

Kiritildi: 08:04, 20.09.2024.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.