Sentyabr oyi natijalariga ko‘ra Ispaniya La Ligasining eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun qaysi murabbiy da’vogarlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Chempionat matbuot xizmatining xabar berishicha, nomzodlar orasida uchta mutaxassis bor: Xans-Diter Flik (“Barselona”), Karlo Anchelotti (“Real”), Ernesto Valverde (“Atletik” Bilbao).
Ayni damda “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 6 turdan keyin 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
"Real Madrid" 7 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Atletik" kuchli uchlikni yakunlaydi (etti o‘yinda 13 ochko).