Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Timur Kapadze “Paxtakor” klubini boshqaradimi?

Timur Kapadze “Paxtakor” klubini boshqaradimi?

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda Timur Kapadzening “Paxtakor” futbol klubi boshqaruviga kelishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yuzasidan murabbiyning o‘zi izoh berdi.

“Paxtakor” menga aloqaga chiqdi. Niyatim qanaqa, rejalarim borasida so‘rashdi. Oktyabrda amaliyot o‘tashga boraman, gaplashib qo‘yganman. Hali Maksim Shaskix bosh murabbiy postida turibdi. Hali iste’fo bergani yo‘q. Ko‘ramiz. Hozircha rasman klubdan taklif yo‘q. Faqatgina mendan bo‘lg‘usi rejalarimni so‘rashdi. Buni vaqt ko‘rsatadi, — dedi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi.

Bundan tashqari murabbiyning o‘zi shunday taklif bo‘lsa, nima deb javob berishi mumkinligi so‘raldi.

Hisoblab ko‘rilsa, futbolchilik faoliyatimning katta qismin “Paxtakor”da o‘tkazgan ekanman. Klub O‘zbekistondagi eng sovrindor jamoa hisoblanadi. “Paxtakor”ga mehrim o‘zgacha. Umuman o‘ynagan jamoalarimning barchasining o‘rni bor. Bu men uchun yaxshi chaqiriq bo‘lardi. Agar rejalari, maqsadlari yaxshi bo‘lsa, nima uchun bu taklifga yo‘q deyishim kerak. Hozirda turli klublardan takliflar bor. Ammo rejalarim sabab ularni ortga suryapman, — deydi Timur Kapadze.

Ma’lumot uchun, Kapadze “Olimpik” klubi va O‘zbekiston Olimpiya jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi. Tarixda ilk bor yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoa guruhda bir ochko to‘plab, so‘nggi o‘rinni egalladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:11, 26.09.2024.
O'qildi: 2733 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.