Chorshanba kuni "Aston Villa" Chempionlar ligasi doirasida "Bavariya"ni qabul qiladi.
Birmingem jamoasi uchun bu 41 yil ichida eng nufuzli yevrokubokdagi ilk uy uchrashuvidir.
"Bu aql bovar qilmaydigan o‘yin bo‘ladi, ishonchim komil. Ko‘p yillar davomida "Villa Park"dagi birinchi Chempionlar ligasi o‘yini. Muxlislar uchun ham, biz futbolchilar uchun ham katta voqea. O‘zingizni eng yuqori darajada ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat. Bu darajadagi raqiblar bilan uchrashuv aynan biz xohlagan narsadir. Biz boshlashni intiqlik bilan kutmoqdamiz", dedi birmingemliklar hujumchisi Olli Uotkins UYEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.