"Inter"ning eronlik hujumchisi Mehdi Taremi "Srvena Zvezda"ga qarshi o‘yinda (4:0) gol urdi. Futbolchi bu haqda o‘z fikrlarini bildirdi.
- Katta rahmat. Gol urganimdan xursandman va o‘zimni yaxshi o‘ynagandek his qilyapman. Buning uchun jamoadoshlarimga alohida rahmat", - deya eronlik forvardning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "Inter" Chempionlar ligasi finaliga chiqqandi.