Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona

“Lokomotiv” va “Surxon” klubi futbolchilari 3 ta o‘yinga chetlatildi, “Paxtakor” sport direktoriga chora ko‘rildi

“Lokomotiv” va “Surxon” klubi futbolchilari 3 ta o‘yinga chetlatildi, “Paxtakor” sport direktoriga chora ko‘rildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

“Qizilqum” — “So‘g‘diyona”

Superliganing 18-turi doirasidagi “Qizilqum” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 87-daqiqasida “So‘g‘diyona” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Yoqubov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasurbek Yoqubovga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Lokomotiv” — “Navbahor”

19-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Navbahor” uchrashuvi 67-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Jasur Hakimov raqib o‘yinchisining bosh qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jasur Hakimovga (“Lokomotiv”) nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikasiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“OKMK” — “Surxon”

Superliganing 18-turi doirasidagi “OKMK” — “Surxon” uchrashuvining 16-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi M. Abdurahmonov to‘p uchun kurash vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyog‘iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadali Abdurahmonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliganing 18-turi doirasidagi “OKMK” — “Surxon” uchrashuvining 75-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi J. Xojiniyazov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Jamoliddin Xojiniyazovga (“Surxon”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Bunyodkor”

Superliganing 19-turi doirasidagi “Surxon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 90+1-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Hamidullo Abdunabiyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Hamidullo Abdunabiyevga (“Bunyodkor”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Shaxboz Jo‘raboyev o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shaxboz Jo‘raboyevga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Aynan shu uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Andrija Filipovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Andrija Filipovichga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf” — “OKMK”

Superliganing 19-turi doirasidagi “Nasaf” — “OKMK” uchrashuvining 86-daqiqasida “OKMK” futbol klubi futbolchisi Sardor Rahmonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardor Rahmonovga (“OKMK”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

O‘zbekiston Kubogi
“Paxtakor” — “Navbahor”

O‘zbekiston Kubogi 1/2 finali doirasidagi “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvi birinchi bo‘limidan so‘ng “Paxtakor” futbol klubi sport direktori Shuhrat Maqsudov tribuna osti yo‘lakchasida mehmon jamoa rasmiylarga nisbatan o‘zini nomaqbul tutib, haqoratli so‘zlar ishlatib, tartibsizlik keltirgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Shuhrat Maqsudovga (“Paxtakor”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:28, 03.10.2024.
O'qildi: 2965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.