Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Fransiya terma jamoasi Upamekanosiz qoladi

Fransiya terma jamoasi Upamekanosiz qoladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Fransiya terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi mumkin.

25 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Bundesliga doirasidagi Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga qarshi o‘yinda (3:3) gol urdi, ammo jarohati sabab uchrashuvni yakunlay olmadi. "L'Equipe" nashri xabariga ko‘ra, Upamekanoning tizzasida muammo bor va u allaqachon jarohatning og‘irligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Sinov natijalari futbolchining oktyabr oyidagi Millatlar ligasi o‘yinlari uchun Fransiya terma jamoasiga bora olmasligini ko‘rsatadi.

Fransiya terma jamoasi Isroil va Belgiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar mos ravishda 10 va 14 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:32, 07.10.2024.
O'qildi: 646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик