Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Mashhurlikka intilishmi yoki shunchaki, iqror?

Mashhurlikka intilishmi yoki shunchaki, iqror?

Baho:
+ | -

"Lionel Messi Amerika kubogi finalini o‘tkazib yubormasligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatmaganman va evaziga futbolkasini so‘raganman". Bu chililik 59 yoshli sobiq hakam Karlos Chandiyaning kutilmagan iqrori

Gap bundan 17 yil muqaddam kuzatilgan voqelik haqida ketmoqda. Qiziq, uni Amerika kubogidek jiddiy turnir yarim finalida Messi bilan zimdan kelishib ish tutganini tan olishga nima majbur qildi? Ushbu iqror ortida vijdon azobi turibdimi yoki mashhurlikka intilish? To‘g‘ri, adolat yuzasidan aytish kerak, Chandiya va Lionel o‘rtasidagi «sirli kelishuv» o‘sha o‘yin natijasiga ta’sir qilmagan. Qolaversa, Argentina milliy jamoasi yetakchisi finalda ham aytarli karomat ko‘rsatolmagan.

Demak, Karlos Chandiya 2007 yilgi Amerika kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Argentina va Meksika termalari o‘rtasidagi bahsni bosh­qarib boradi. 3:0 hisobida argentinaliklar g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvning oxirgi daqiqalarida esa chililik referida Lionel Messi bilan kelishish imkoniyati yuzaga keladi va u bundan o‘z o‘rnida foydalanib qoladi. «Messi tezlikda to‘pga intilib, to‘satdan qo‘li bilan o‘ynadi. Bu vaziyat maydon markazida kuzatildi. Ya’ni Meksika termasi uchun qandaydir xavfli hujum yoki gol xavfi yo‘q edi. Shunga qaramay, Messi yoniga yaqinlashib, bor gapni ochiq aytdim: «Harakating aslida sariq kartochkaga tortadi, bundan ko‘z yumishim esa senga bitta futbolkaga tushadi». Yakunda uni ogohlantirmadim. O‘yin yakunlanishiga atigi 2,5 daqiqa qolgan va hisob 3:0 edi. Agar Leoga sariq kartochka ko‘rsatganimda, uning Amerika kubogi finalini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelardi. Messi oxir-oqibat, kiyinish xonasida futbolkasini tortiq etdi. Aslida Leo formasini maydondayoq qo‘limga tut­qazmoqchi edi, lekin uni vaqtida to‘xtatib qoldim: «Yo‘q, yo‘q, yo‘q, yaxshisi, futbolkangni kiyinish xonasiga olib bor». Xullas, Messi hakamlar xonasiga futbolka bilan kirib, uni menga qoldirgandi», — deya voqea tafsilotini bayon etdi Karlos Chandiya ESPN telekanalining FShow ko‘rsatuvida.

O‘z o‘rnida aytish kerak, Argentina milliy jamoasi Amerika kubogi-2007 finalida Braziliya termasi bilan kuch sinashgan va 0:3 hisobida yengilgan. Jumladan, hakamning marhamati bilan hal qiluvchi o‘yinda qatnasholmaslik xavfidan qutulgan Messi ham maydonda hech nima qilolmagandi. Demak, Chandiya­ning futbol dahochasi formasini olish ilinjida unga sariq kartochka ko‘rsatmaganidan hech kimga ortiqcha ziyon yetgan emas.

Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 07.10.2024.
O'qildi: 2094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.