Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

"MYU" himoyachisi yuragini operasiya qildirdi

"MYU" himoyachisi yuragini operasiya qildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" himoyachisi Nussair Mazraui yuragidan kichik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va endi bir necha haftaga safdan chiqdi.

"Manchester Yunayted" ikki oy oldin Mazrauni "Bavariya"dan 17,1 million funtga sotib olgandi. Nussair darhol o‘zini Erik Ten Xag jamoasining asosiy o‘yinchisi sifatida ko‘rsatdi.

Mazraui joriy mavsumda Premyer-liga va Yevropa ligasidagi "Manchester Yunayted"ning har bir o‘yinini boshladi, ammo "qizil iblislar" keyingi bir necha hafta davomida 26 yoshli marokashlik futbolchisiz qolishadi.

Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, Mazraui yurak ritmining buzilishi aniqlanganidan keyin kichik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.

"Bu juda keng tarqalgan holat va Nussair to‘liq tuzalib, bir necha hafta ichida o‘ynashga tayyor bo‘lishi kutilmoqda", - deyiladi "Manchester Yunayted" bayonotida.

Qo‘shimcha qilamizki, Mazraui xalqaro tanaffus oldidan "Aston Villa"ga qarshi o‘yinning tanaffusida almashtirilgan Garri Maguayr, shuningdek, Leni Yoro, Lyuk Shok va Tirell Malasia bilan birga shifoxonada bo‘ladi.

Kiritildi: 16:16, 11.10.2024.
O'qildi: 1999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик