Tomas Tuxel Buyuk Britaniyaga qaytishi mumkin.
Die Welt xabariga ko‘ra, "Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Angliya terma jamoasi bilan ham xuddi shunday vazifani bajarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. U Angliya futbol assosiasiyasi bilan hamkorlik shartlarini muhokama qilmoqda.
Tez orada kelishuvga erishish mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Angliya terma jamoasini hozirda Li Karsli boshqarmoqda. U Garet Sautgeyt ketganidan keyin bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.