Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi kelasi yili “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Saudiya klubi Vinisiusni qo‘yib yuborish bo‘yicha kelishuvda 1 mlrd yevro miqdoridagi band bo‘lishiga qaramay, uni qo‘lga kiritish urinishlaridan voz kechmagan va kelasi yili bu variantga qaytishni istamoqda.
Qayd etilishicha, “Al-Hilol” o‘z hujumchisi Neymar bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilsa, mumkin bo‘lgan kelishuv ehtimoli ortadi.