Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sergey Lushan: “Navbahor”da murabbiylik qilish oson emas”

Sergey Lushan: “Navbahor”da murabbiylik qilish oson emas”

Baho:
+ | -

Superliganing kechiktirilgan 14-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Biz g‘alaba qozondik. Meni barchasi qoniqtirdi. Yigitlar o‘zlaridan talab qilingan ko‘rsatmalarni to‘liq holda bajarishdi. Menimcha, biz haqqoniy tarzda zafar quchdik. Yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, gol urdik. Mezbonlar jamoamiz darvozasi oldida xavfli holatlarni yuzaga keltira olishmadi.

“Dinamo” o‘ziga xos, juda tezkor, texnik tarafdan yaxshi o‘yin namoyish etadigan jamoa. Biz mezbonlar o‘yinini tahlil qilgan holda, maydon markazini yopishga harakat qilib, buning uddasidan chiqa oldik.

— “Navbahor” bugun juda yaxshi o‘ynadi. Jamoaning bugungi bahsiga O‘zbekiston kubogi finalidagi mag‘lubiyat ham, yetakchi futbolchilarning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilishgani ham ta’sir qilmadi. Shogirdlaringiz bugun juda xotirjam holda o‘ynashdi. Ammo Farg‘onada bo‘lib o‘tgan final bellashuvida bunday xotirjamlik ko‘rinmagandi. Buni nima bilan izohlaysiz?

— Bilasizmi, to‘pdan har kim o‘zi xohlaganidek, foydalanishi mumkin. Final uchrashuvi tarixda qoldi va biz u o‘yinni unutib, oldinga intilishda davom etamiz. Shu bois, muammolarsiz, xotirjam holda faoliyat yuritishda davom etyapmiz.
— O‘zbekiston kubogi finalidan keyin “Navbahor”da keng ko‘lamli islohotlar amalga oshiriladi, degan mish-mishlar tarqaldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

— Dunyo mish-mishlarga to‘la. Keng ko‘lamli islohotlar ancha oldin, biz jamoaga kelganimizda boshlangan. Oldimizga vazifa qo‘yilib, O‘zbekiston kubogida finalgacha yetib borishga harakat qilishimiz aytilgandi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, tarkibimizdan 12 nafar mahalliy futbolchi o‘rin olgan. Kelasi yilgi mavsumda biz jamoada ishlaymizmi, yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, bu unchalik ahamiyatga molik emas, rahbariyat tomonidan tarkibni yangilash, “Navbahor” tarkibidan 80 foiz mahalliy tarbiyalanuvchilar joy olishi vazifa qilib qo‘yilgan. Bu mish-mish emas, balki normal holat. Ko‘plab klublar, masalan, “Paxtakor” safida ham ko‘plab yoshlar to‘p tepishadi. Yangi, yosh futbolchilarning davrlari keladi va ular katta futbolga moslashaishlari shart. Shuning uchun jamoalar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy.

Biz hozir shuni amalga oshirish yo‘lida mehnat qilyapmiz. Ko‘plab iqtidorli yigitlar bor hamda ular vaqti kelib, jamoa yetakchilariga aylanishadi.

Mazkur so‘zlarim bilan ayni paytdagi tarkibdagi barcha futbolchilar bilan xayrlashamiz, demoqchimasman. Albatta, barchasini pozisiyalar bo‘yicha ko‘rib chiqib, kerakli futbolchilar, ularning agentlari  bilan professional darajada muzokaralar olib boramiz. Bugun ko‘pchilik tanimaydigan 4 nafar yangi futbolchi tarkibdan joy oldi.

— Bugungi o‘yinga terma jamoaga jalb etilgan futbolchilarning yo‘qligi ta’sir qildimi?
— Ha, ular jamoamizning eng yaxshi o‘yinchilari sanalishadi va ushbu futbolchilar bugun tarkibda bo‘lishganida, jamoamiz yanada sifatli o‘yin namoyish etgan bo‘lardi. Ularning o‘rinlariga maydonga tushgan yigitlar ham iqtidorli, biroq adaptasiya uchun biroz vaqt kerak. Balki bularda hujum tashkil etishda terma jamoamizga jalb etilgan futbolchilarniki singari intellekt yo‘qdir, ammo bu vaqtinchalik jarayon. Lekin ular ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi va bu ko‘p narsadan dalolat beradi.

— So‘nggi yillarda “Navbahor” yana top darajaga qaytdi. Jumladan, o‘tgan mavsumda OCHLda ham yaxshi o‘yin namoyish etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Biroq oxirgi 3 yilda ikki marta O‘zbekiston kubogi finalida imkoniyatni boy berdi. Sizningcha, buning sababi nimada?
— Namanganda muhit shundayki, bu yerda mag‘lubiyatga uchrash mumkin emas. Muxlislar bu borada murabbiylar shtabi va futbolchilarga nisbatan juda  talabchanlar. “Navbahor”da faoliyat yuritish uchun tashrif buyuradiganlar buni bilishlari kerak. Namangan futboli ko‘p yillardan buyon shunday xususiyatlarga ega hamda bu kecha paydo bo‘lmagan. “Navbahor”da murabbiylik qilish oson emas. Chunki birgina xato iste’foga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa normal holat. Misol uchun, Andijon va samarqandlik ishqibozlar ham o‘zgacha xususiyatlarga egalar. Men bunga xotirjam qarayman. Murabbiylik taqdiri shunday. Bugun jamoada faoliyat yuritsang, ertaga iste’foga chiqishing ham mumkin. Buni tushunish kerak.

— Siz yurtimizga ancha yillardan keyin qaytdingiz. O‘zbek futbolining hozirgi saviyasi borasida fikringiz qanday?
— Xorij mamlakatlarida faoliyat yuritganimda ham, yurtimiz futbolini doimo kuzatib turdim. O‘zbek futboli taraqqiy topmoqda. Oldin O‘zbekiston klublarida ishlab, keyin xorijga ketgan ko‘plab mutaxassislar ma’lum vaqtdan so‘ng, yana yurtimizda faoliyat olib borish uchun qaytishmoqda. Albatta, yangi murabbiylar buni sezmasliklari mumkin. Biroq o‘zbek futboli jadallik bilan taraqqiyotga erishayotganini ta’kidlash lozim. Mamlakatimizdagi futbol akademiyalari O‘zbekistonning barcha terma jamoalariga mahoratli futbolchilarni yetkazib berishmoqda. Milliy va olimpiya terma jamoalarimiz ancha kuchaydi hamda zafarlarga erishmoqda. Olimpiya terma jamoamiz Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi va bunday natija bilan sanoqli mamlakatlargina maqtana olishadi.

Bu asrga tatigulik natija hamda katta qadam. Erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolmaslik shart. Futbol infratuzilmasi ham rivojlanmoqda va oldinga qadam tashlashda davom etish kerak. Yurtimizda ko‘plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishmoqda.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 15:24, 14.10.2024.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.