Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Levandovski top-5 liganing to‘purarlari ro‘yxatida Xolandni ortda qoldirdi

Levandovski top-5 liganing to‘purarlari ro‘yxatida Xolandni ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi.

5:1 hisobida yakunlangan "Sevilya"ga qarshi bahsda polshalik dubl qayd etdi. Endilikda 36 yoshli hujumchi La Liganing joriy mavsumida urgan gollari soni 12 taga yetdi - top-5 ligadagi barcha futbolchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkich. Ikkinchi o‘rinda Angliya Premyer-ligasida o‘n bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan "Manchester Siti" vakili Erling Xoland joy olgan. Eslatib o‘tamiz, Levandovski o‘nta, norvegiyalik esa sakkizta o‘yin o‘tkazgan.

Omar Marmush ("Ayntraxt") yetti uchrashuvda to‘qqizta aniq zarbasi bilan kuchli uchlikni yopdi. To‘rtinchi o‘rinni Mateo Retegi ("Atalanta") va Xarri Keyn ("Bavariya") bo‘lishdi – ular yetti o‘yinda sakkiz marta raqiblarini xafa qilishdi.

Kiritildi: 08:05, 21.10.2024.
O'qildi: 1396 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.