Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/12 00:45 Lechche - Yuventus
02/12 01:00 Real Sosyedad 2-0 Betis
03/12 00:45 Roma - Atalanta
03/12 01:00 Sevilya 1-1 Osasuna
03/12 23:00 Malyorka - Barselona
04/12 00:30 Ipsvich - Kristal Pelas
04/12 01:15 Lester - Vest Xem

Transferlar: G‘alvir suvdan ko‘tarildi

Transferlar: G‘alvir suvdan ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Yevropa top-ligalarida yozgi transferlar darchasi yopildi.

Nomdor klublar doimgidek, yirik kelishuvlarni imzolashdi: xarid qilishdi, sotishdi, bepul qo‘yib yuborishdi yoki ijaraga berishdi. Keling, shu oldi-sotdilar bilan tanishib chiqamiz.

Eng yaxshi transfer  kampaniyasi sohiblari

1-O‘RIN. «ATLETIKO»

Xarid: 185 mln. yevro - Xulian Alvares (75), Konor Gallaxer (42), Roben Le Norman (34,5), Aleksandr Syorlot (32), Xuan Musso (1,5 ijara), Kleman Langle (ijara).

Sotuv: 93,9 - Joau Feliks (52), Samu Omorodion (15), Alvaro Morata (13), Chaglar Seyunju (8,5), Artur Vermeren (3, ijara), Santyago Mourinyo (2), Xorasiu Moldovan (0,4, ijara), Stefan Savis, Gabriel Paulista (erkin agentlar), Saul Niges, Karlos Martin, Markos Paulo (hammasi ijara).

Diyego Simeone jamoasi ijobiy yangilanmoqda: darvozadan tashqari, barcha pozisiyalarga kelajagi porloq o‘yinchilar kelishdi. Alvares - yozgi darchaning eng qimmat futbolchisi. Qo‘shimchasiga, keraksiz o‘yinchilarni binoyidek baholarda sotib yuborildi yoki ijaraga berildi.

2-O‘RIN. «ARSENAL»

Xarid: 108,9 - Rikkardo Kalafyori (45), Mikel Merino (32), David Rayya (31,9), Neto, Rahim Sterling (ijara).

Sotuv: 82,9 - Emil Smit-Rou (31,8), Eddi Nketia (29,7), Aaron Ramsdeyl (21,4), Muhammad al Neni, Artur Okonkvo,Sedrik Soaresh (hammasi erkin agent), Fabio Viyeyra, Sambi Lokonga, Nunu Tavaresh, Karl Xeyn, Reys Nelson (hammasi ijara).

Angliya vise-chempioni nuqtalar bo‘yicha kuchaydi. Kalafyorini himoyaga, Merinoni o‘rta chiziqqa tushirdi. Qo‘shimchasiga, David Rayyani sotib olib, sheriklikka Netoni qo‘shib qo‘ydi. Sterlingdan ortiqcha chiqimlarsiz foydalanishi mumkin. Daromad ham chakki emas: Smitrou «Fulxem»ga, Nketia «Krista Pelas»ga, Ramsdeyl «Sautgempton»ga yo‘l olishdi.

3-O‘RIN. «YUVENTUS»

Xarid: 162,8 - Tyon Kopmeyners (54,7), Duglas Luis (51,5), Kefren Tyuram (20,6), Xuan Kabal (12,8), Niko Gonsales (8,4), Fransishku Konseysau (7), Pyer Kalyulyu (3,3 - hammasi ijara).

Sotuv: 103,5 - Matias Soule (25,6), Dean Xyoysen (15,2), Semyuel Junior Ayling (14), Moyze Kin (13), Federiko Kyeza (12), Koni de Vinter (8), Enso Barrenechea (8), Kayo Jorje (7), Fakundo Gonsales (0,5), Fabio Miretti, Daniele Rugani, Xans Kavilya,Mattia De Shilyo, Stefano Gori (hammasi ijara), Marle Ake, Adrian Rabyo (erkin agentlar). Voysex Hensno‘ faoliyatini yakunladi.

Turin Tyago Motta uchun ulkan xaridlar va Yevropa futbolidagi kambekka guvoh bo‘ldi. Tyon Kompeynars va Duglas Luis «Yuve»ning yozdagi asosiy debyutantlari. Balki muxlislarga ota izidan borayotgan kichik Tyuram ko‘proq yoqqandir. Umuman, hammasi chakki emas.

4-O‘RIN. «MARSEL»

Xarid: 85,0 - Meyson Grinvud (26), Elye Vai (25), Ismoil Kone (12), Bamo Meyte (10,5), Xeronimo Ruli (4), Derek Kornelius (4), Jeffri De Langle (2), Valentin Karboni (1, ijara), Nil Mope (0,5, ijara), Pyer,Emil Xyoybyerg, Lilian BrassYE, Jonatan Rou (hammasi ijara).

Sotuv: 76,0 - Iliman Ndiaye (18), Vitinya (16), Ismoila Sarr (15), Matteo Genduzi (13), Pyer,Emerik Obameyang (9), Jonatan Kloss (5), Pap Geye, Jordan Amavi,Konrad de la Fuente ( hammasi erkin agentlar), Pau Lopes, Samuel Jigo, Simon Ngabanduetnbu (hammasi ijara).

Roberto De Zerbining kelgani va o‘tgan mavsumdagi omadsizlikka qaramasdan, «Marsel» eksperimentlar o‘tkazishni davom ettirmoqda va tarkibni yangilamoqda. Vazifa aniq - YECHLga qaytish va o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslik. Uddalay olarmikan?

5-O‘RIN. «REAL»

Xarid: 49,0 - Endrik (47,5), Xoselu (1,5), Kilian Mbappe (erkin agent)

Sotuv: 16,0 - Rafa Marin (12), Xuanmi Latasa (2,5), Xoselu (1,5) Nacho fernandes (erkin agent), Alvaro Rodriges, Reyniyer (ijara), Toni Kroos (faoliyatini yakunladi).

Yevropaning gegemon klubi arzimas xarajatlar bilan tarkibni yangilamoqda. Mbappe va Endrik - top-xaridlar, Xoseluni «Espanyol»dan olgan bo‘lsada, Saudiya Arabistoniga sotib yubordi.

6-O‘RIN. «BORUSSIYA D.»

Xarid: 80,0 - Maksimilian Bayer (28,5), Valdemar Anton (22,5), Seru Girassi (18), Paskal Gros (7), Yan Koutu (4, ijara).

Sotuv: 33,6 - Niklas Fyullkrug (27), Tom Rote (5), Ole Polman (1,6), Marko Roys, Marius Volf, Mateu Morey, Mats Xummels (hammasi erkin agentlar), Yussufa Mukoko, Solix Ozjan, Sumayla Kulibali (hammasi ijara).

«Dortmund» yangilanmoqda: faxriylar ketishyapti, salohiyati bor o‘yinchilar ularning o‘rnini to‘ldirishyapti.

7-O‘RIN. «ASTON VILLA»

Xarid: 176,2 - Amadu Onana (59,35), Yan Matsen (44,5), Kemeron Archer (16,65), Jeyden Bideys Filogen (16), Semyuel Junior Ayling (14), Lyuis Dobbin (11,8), Enso Barrenechea (8), Ross Barkli (5,9).

Sotuv: 145,0 - Mussa Diabi (60), Duglas Luis (51,5), Kemeron Archer (17,6), Tim Ayrogbunam (10,7), Morgan Sanson (4), Vilyami Sinisalo (1,2), Kalum Chambers (erkin agent), Aleks Moreno, Semyuel Junior Ayling, Felippe Koutinyo, Lyuis Dobbin, Keyn Xeyden, Linu Souza, Filip Marshall (hammasi ijara).

Unai Emeri YECHLga tayyorlanmoqda va tarkibni kuchaytirmoqda. Biroq murabbiyning yangi shogirdlari ochilishini bilgan «Villa» yetakchi juftlikni sotib yubordi.

8-O‘RIN. «LIVERPUL»

Xarid: 42,0 - Georgiy Mamardashvili (30), Federiko Kyeza (12).

Sotuv: 47,0 - Sepp van den Berg (23,6), Fabiu Karvalyu (23,4), Adrian, Joel Matip (erkin agentlar), Georgiy Mamardashvili, Stefan Baychetich, Kelvin Remsi, Ris Uilyams, Marselo Pitaluga (hammasi ijara), Tyago Alkantara (faoliyatini yakunladi).

Bu aynan yangi murabbiyga ega bo‘lgan, lekin birorta yangi o‘yinchisi bo‘lmagan jamoa holati. Mamardashvili «Liverpul» safidan yozda joy oladi. Kyeza esa zo‘r o‘yinchi, faqat yagona debyutant.

9-O‘RIN. «BAYER»

Xarid: 53,0 - Marten Terye (20), Alesh Garsiya (18), Januel Belosyan (15), Nordi Mukiele (ijara).

Sotuv: 31,15 - Adam Glojek (18), Odilon Kossunu (5 ijara), Serdar Azmun (5), Patrik Pens (2,55), Iker Bravo (0,6), Gustavo Pereyra, Noa Mbamba (ikkalasi ijara), Timoti Fosu-Mensa (erkin agent).

Xabi Alonso jamoasi fantastik mavsumdan ke­yin yozgi transferni xotirjam o‘tkazdi. Xaridlar aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada emas, lekin balki uning jozibasi aynan shundadir?

10-O‘RIN. «MANCHESTER SITI»

Xarid: 25,0 - Savio (25), Ilkay Gyundogan (erkin agent).

Sotuv: 141,0 - Xulian Alvares (75), Joau Kanselu (25), Teylor Xarvud-Bellis (23), Serxio Gomes (9), Tommi Doyl (5), Yan Koutu, Kalvin Fillips, Maksimo Perrone (hammasi ijara).

«Shaharliklar»ning buromadlari daromadga nisbatan bir necha baravar ko‘p bo‘lishi kamdan-kam uchraydigan hol. Ehtimol, klub yozgi darchani o‘ta tejamkorlik bilan o‘tkazgani ajablanarli ko‘rinar. Lekin «Siti»ning kam o‘zgaradigan jamoa ekanligi barchaga ma’lum.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 21.10.2024.
O'qildi: 5445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.