Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 20:15 Fulhem - Liverpul
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Rasman: Inoue dekabrda Yaponiyada Sem Gudman bilan jang qiladi

Rasman: Inoue dekabrda Yaponiyada Sem Gudman bilan jang qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue IBF yo‘nalishi bo‘yicha avstraliyalik majburiy da’vogar Sem Gudman bilan jang qiladi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jang 24 dekabr kuni Yaponiyada tashkil etiladi. Jang avvalroq e’lon qilingan edi, ammo rasmiy tasdiqlov bo‘lmagan. Shu sababli bir hafta oldin IBF (Xalqaro boks federasiyasi) rahbariyati tomonlarni jang sanasi va joyini oshkora e’lon qilishga chaqirgandi.

Ma’lumot uchun, mazkur vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev Naoyaning WBA kamari uchun da’vogar hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Inoue o‘zining so‘ngi jangini 2024 yil sentyabr oyida o‘tkazgan. Bokschi mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qilgandi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratgan. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschi Naoya Inouening keyingi ikkita jangi kimlarga qarshi bo‘lishini ma’lum qildi. Uning rejalarida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yo‘q.

Murodjon Ahmadaliyevning advokati Pet Inglish yaponiyalik mutlaq chempion Naoya Inoue jangdan bosh torsa, qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:30, 22.10.2024.
O'qildi: 1273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.