Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Latviyaning sobiq Prezidenti O‘zbekiston MOQda mehmon bo‘ldi

Latviyaning sobiq Prezidenti O‘zbekiston MOQda mehmon bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ayni paytda Latviya basketbol assosiasiyasi rahbari, mamlakatning 9-Prezidenti Raymonds Veyonis boshchiligidagi delegasiya poytaxtimizda mehmon bo‘lib turibdi.

Bugun yevropalik mutaxassislar O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, mamlakatimizda basketbol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Latviyaning yurtimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Reynis Troksha, Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, Botir Mirodilov boshchiligidagi O‘zbekiston basketbol federasiyasi mas’ullari va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili Eldor Rasulov ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida Oybek Omilovich faxriy mehmonlarni qutlashdan mamnun ekanini ta’kidlab, ularga yurtimizdagi sport rivojida MOQ va Sport vazirligining federasiya hamda assosiasiyalar bilan olib borayotgan tizimli hamkorligi, terma jamoalarimiz zaxirasini iqtidorli yoshlar bilan boyitish borasida yo‘lga qo‘yilgan seleksiya ishlari, delegasiyamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan tarixiy natijasi haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, u davlatimiz rahbari topshirig‘i bilan jamoaviy sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga hozirdanoq tayyorgarlik boshlangani xususida ma’lumot berib o‘tdi.

O‘z navbatida, janob Veyonis O‘zbekiston delegasiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyati ko‘pchilikni hayratga solganini alohida tilga oldi. Shundan so‘ng martabali mehmon Latviyaning to‘rt yillikning eng muxim startidagi ishtiroki, o‘z yurtidagi sport rivoji, ushbu sohani moliyalashtirish tizimi haqida gapirib o‘tdi.

Qolaversa, u jamoaviy sport turlarida Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma qo‘lga kiritish ancha murakkab vazifaligi, biroq O‘zbekiston keng imkoniyatlar mamlakati ekani va ushbu yo‘nalishda ishlarni tizimli tashkil etish orqali bunday yutuqlarga erishish mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlikning yangi bosqichlari haqida fikr almashishdi.

Kiritildi: 21:35, 22.10.2024.
O'qildi: 662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик