Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

«MYU» himoyachisi Mazraui 200 ming dollarga "Bentley" sotib oldi

«MYU» himoyachisi Mazraui 200 ming dollarga "Bentley" sotib oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning yangi futbolchisi Nussayr Mazraui elit avtomobil sotib oldi.

Marokash terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi yozgi transfer oynasida «Bavariya»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tdi. Nussayr 10 oktyabr kuni yurak urishi tufayli muolaja qilingan va bir necha hafta ichida safga qaytadi.

"The Sun" nashrining yozishicha, Mazraui 200 ming funt sterlingga "Bentley Bentayga S Black" sotib olgan.

Yoqilg‘i versiyasi maksimal quvvati 550 ot kuchiga ega 4,0T ikki turbo quvvatli V8 dvigateli bilan jihozlangan. 0 dan 100 km/soatgacha tezlashishi 4,5 soniyada, maksimal tezligi esa 290 km/soatga yetishi! mumkin.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted»da Markus Reshford, Brunu Fernandesh ("Bentley Continental GT" va "Bentayga") va Kazemiro ("Bentley Bentayga") "Bentley"ning yuqori darajadagi modellariga ega.

Kiritildi: 21:47, 22.10.2024.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.