Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Alba: "Leoga o‘xshash o‘yinchilar yo‘q"

Alba: "Leoga o‘xshash o‘yinchilar yo‘q"

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Inter Mayami"da o‘ynayotgan Jordi Alba Lamin Yamalning muvaffaqiyatini yuqori baholadi.

"Men "Barsa"da bo‘lganimda Yamal allaqachon asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazgan va hatto "Betis"ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi.

Shubhasiz, u o‘shandan beri yuksaldi, lekin u endi 17 yoshda va aqldan ozdiradigan darajada kuchli. Uni qo‘llab-quvvatlash kerak va "Barselona" buni yaxshi bajarmoqda.

Sabr qilaylik, uni Messi yoki boshqa birov bilan solishtirmaylik. Oxir oqibat, Leo - Leo, unga o‘xshash o‘yinchilar yo‘q.

Biroq, Lamin shunday yosh futbolchi uchun qiyin rol o‘ynab, ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. Buni qadrlash kerak.

Umid qilamanki, u rivojlanishda davom etadi va o‘yindan zavq oladi", - dedi Alba Marca nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 10:17, 25.10.2024.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.