Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Bokschilarimizning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatlari davom etmoqda

Bokschilarimizning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatlari davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Chernogoriyaning Budva shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslarida 5 nafar vakilimiz ringga ko‘tarilgan holda g‘alaba qozondi.

Jumladan, vazni -48 kg. bo‘lgan Sayfiddin Sobirov albaniyalik Lidjon Sulajning ikkinchi raundda jangdan bosh tortgani sababli g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Jafarbek Shahbozov chempionatdagi ilk jangini polineziyalik Manatou Guillemetga qarshi olib bordi. 75 kilogrammgacha vazn toifasida o‘tgan ushbu jangda Jafarbek raqibini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, Sobirjon Tastanov -54 kg. vaznda polshalik Oskar Grodziskiga qarshi bahs olib bordi va yirik 5:0 hisobida zafar quchdi.

Musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Muslima Turg‘unova -52 kg. vazn toifasida xitoylik Yangfen Chenga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oyisha Toirova esa -70 kg. vaznda rossiyalik Aleksandra Florovani 4:1 hisobida yengdi.

Bugun, 25 oktyabr kuni quyidagi bokschilarimiz ringga chiqadi:

-51 kg: Abdulaziz Abdunazarov – Boven Song (Xitoy) B ring.

-57 kg: Akbar Ahmadov – Elnur Abdulayevi (Gruziya) A ring.

-80 kg: Javohir Mehriddinov – Madiyar Beksultanov (Qozog‘iston) A ring.

-63,5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov – Ognen Antik (Serbiya) B ring.

+92 kg: Shahzod Polvonov – Kristof Zakrevski (Polsha) B ring.

Kiritildi: 11:18, 25.10.2024.
O'qildi: 17383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.