Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

FIDE prezidenti: O‘zbekiston yuksalish sari yuzlangan mamlakat

FIDE prezidenti: O‘zbekiston yuksalish sari yuzlangan mamlakat

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi(FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich boshchiligidagi delegasiya yurtimizga tashrifi davomida yana ikki yildan keyin mamlakatimizda o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik hamda poytaxtimizda yoshlar o‘rtasida o‘tadigan “Toshkent-2025” o‘yinlariga hozirlik jarayonlari bilan tanishdi.

Delegasiya a’zolari 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, tayyorgarlik jarayonlari hamda shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv davomida FIDE prezidenti O‘zbekistonda shaxmatning ommaviyligini ta’minlash borasida shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatayotgan alohida e’tibori qisqa fursatda o‘z samarasini berganini ta’kidlab, keyingi 6-7 yillikda O‘zbekiston nafaqat sport, balki barcha sohalarda katta yuksalish sari yuzlanganini e’tirof etdi.

Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Olimpiya shaharchasi” o‘z qamrovi, kommunikasiya va logistika tizimlarining bir-biriga mutanosibligi jihatdan jahonda professional sport rivojiga beqiyos hissa qo‘shishi shubhasizligini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasida o‘tadigan “Toshkent-2025” Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida 29 ta sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:04, 29.10.2024.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик