Kirish Ro'yxatdan o'tish

Savioning jarohati jiddiymi?

Savioning jarohati jiddiymi?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" futbolchisi Savio yaqin orada jamoaga yordam bermaydi.

Braziliyalik futbolchi Liga kubogi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda (1:2) jarohat olgandi. 20 yoshli futbolchi ikkinchi bo‘limda maydondan zambilda olib ketildi, ammo u jiddiy jarohatdan qutulib qolgan ko‘rinadi.

City Zone xabariga ko‘ra, Savio to‘pig‘i cho‘zilgani sababli bir-ikki haftani o‘tkazib yuboradi. Taxminlarga ko‘ra, vinger noyabr oyidagi o‘yinlarda Braziliya terma jamoasida o‘ynay oladi, biroq u shanba kungi APL doirasidagi "Bornmut" bilan uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq.

Savio ushbu mavsumda "Manchester Siti" safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 05:45, 01.11.2024.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик