Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: «O‘zimiz yuzaga keltirgan vaziyatlarda oxirgi pallada nimadir yetishmasdan qoldi»

Aleksandr Xomyakov: «O‘zimiz yuzaga keltirgan vaziyatlarda oxirgi pallada nimadir yetishmasdan qoldi»

Baho:
+ | -

«Paxtakor» – «Andijon» (3:1) o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetganidan keyin matbuot anjumani uyushtirildi. Unda dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— Uchrashuv haqidagi umumiy fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...

— Albatta, yutqazib qo‘yganimiz alam qiladi. Yomon o‘ynadik. Natija uchun to‘p tepdik. Birinchi golni kerak bo‘lmagan holatda o‘tkazib yubordik. Vaziyatni oxirigacha baholay olmaganimiz tufayli burchak to‘pidan so‘ng gol o‘tkazib yubordik. O‘zimiz yuzaga keltirgan vaziyatlarda esa oxirgi pallada nimadir yetishmasdan qoldi. Aniqrog‘i, diqqatni bir joyga jamlay olmadik. Keyinchalik ochiq futbol namoyish etishga harakat qildik. Baxtga qarshi urinishlarimiz zoye ketdi. Xullas, raqib jamoa g‘alabaga haqqoniy erishdi va bu bilan ularni tabriklayman.

— Jamoangizning o‘yin uslubi haqida. «Andijon» aksar hollarda ikkinchi raqam ostida to‘p suradi. Yuqorida aytib o‘tganingizdek, bugun shogirdlaringiz ochiq-hujumkor o‘yin namoyish etishga harakat qilishdi. Nima, bu o‘ylangan rejamidi yoki o‘tkazib yuborilgan tezkor gol shunday harakatlanishingizga majbur qildimi?

— Darhaqiqat, tezkor gol o‘tkazib yuborishimiz mumkinligini o‘ylamagandik. Birinchidan, raqibning uchta himoyachi bilan o‘ynashi mumkinligini taxmin qilgandik. Ammo boshlang‘ich tarkib bizni biroz shoshirib qo‘ydi. Ammo shunda ham bo‘sh kelmadik va asosiy urg‘uni maydon markazini egallashga qaratdik. «Paxtakor»ning muammoli chiziqlarini inobatga olgan holda shunga intildik. To‘g‘risi, natija uchun o‘ynash oxir-oqibat pand berib qo‘ydi. Raqibning goliga javob qaytara olganimizda hammasi boshqacha kechgan bo‘lardi. «Paxtakor» bilan ochiqchasiga o‘ynashning o‘zi tavakkalchilik. Albatta, bizda ham bo‘sh chiziqlar yo‘q emas. Kerak bo‘lmagan gol pirovardida qimmatga tushdi. Ehtimol, o‘yinchilarni almashtirish chog‘ida ham aynan kimlarni maydonga tashlashni to‘g‘ri baholay olmagandirman. Vaholanki, shu orqali vaziyatdan chiqib ketsak kerak, degan fikr xayolimni egallab olgandi.

— Jamoa ikkinchi bo‘limga xuddi toliqqandek chiqdi. Yana bir savol: Kubokdan keyin futbolchilarda motivasiya qolmadimi?

— Musobaqa jadvalidagi holatimizga qarang: qanaqasiga motivasiyani yo‘qotgan bo‘lishimiz mumkin?!  Avvalo, charchoq va muayyan muammolar qanday bo‘lsa, o‘shandayligicha qolgan. Qarang, o‘ta oddiy holatlarda ham to‘pni yo‘qotib qo‘yyapmiz! Bizga aritmiya yetishmay qolmoqda. Tezkor hujumga o‘tish paytida ham ana o‘sha aritmiya bizga yetishmayapti. Shuningdek, to‘p ustidan nazorat qilishni ham ancha o‘rganishimiz kerakligini sezib turibmiz. Baxtga qarshi ko‘pincha bir xil xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz. To‘pni yo‘qotib qo‘yayotganimiz kamlik qilayotganidek, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yyapmiz. Bu esa navbatdagi xatoliklarni keltirib chiqarmoqda. Futbolda tempni doimo oshirishning iloji yo‘q. Raqibga bosim bilan hujumlar tashkil etish katta kuchni talab qiladi. «Paxtakor» esa bunday vaziyatlardan osonlikcha chiqa oldi. Shuning evaziga bo‘lsa kerak, biz nazoratni qo‘ldan chiqarib yubordik. Motivasiya qolmadimi, degan gapga yana qaytadigan bo‘lsam, yo‘q, qanaqasiga motivasiyani yo‘qotgan bo‘lishimiz mumkin?! 

— Kubok sohibi sifatida «Andijon» xalqaro sahnadagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Hozirgi tarkib bunga tayyormi?

— Hali oldinda chempionatning yana uchta uchrashuvi turibdi. Shuning uchun avval bo‘lajak o‘yinlarga hozirlik ko‘raylik. Qolganini keyin gaplashamiz, maylimi?

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:55, 01.11.2024.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.