Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Superliga. 23-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi (video)

Superliga. 23-turdagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi (video)

Baho:
+ | -

Joriy yilning 3 noyabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 23-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. «Paxtakor» - «Andijon» to‘qnashuvi: mezbonlarning goli.

«Paxtakor» - «Andijon» uchrashuvining 15-daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. Bosh hakam Nikita Mustafin mazkur holatda fol yo‘qligini qayd etdi va golni inobatga oldi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda to‘p hujumchining qo‘liga emas, himoyachining tizzasiga tekkan. Shu sababli, golni bekor qilish uchun asos yo‘q. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

2-vaziyat. «Olimpik» - «Navbahor» qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

«Olimpik» - «Navbahor» uchrashuvining 35-daqiqasida mezbonlar raqib posboni xatosidan so‘ng qulay vaziyatga ega bo‘ldi va shu holatda darvozabon 10-raqamli futbolchiga qo‘pollik ishlatib, uni to‘xtatib qoldi. Bosh hakam Nayim Qosimov mazkur epizodda fol qayd etib, nuqtaga ishora qildi va namanganliklar vakiliga sariq kartochka ko‘rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda posbon raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

3-vaziyat. «Qizilqum» - «Dinamo» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

«Qizilqum» - «Dinamo» uchrashuvining 68-daqiqasida mezbonlarning 8-raqamli futbolchisi samarqandliklarning 21-raqamli a’zosiga nisbatan qo‘pol harakat qildi. Bosh hakam Ibrohim Ismoilov futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan xato qilgan. Futbolchi butsasining tag qismi bilan qasddan raqibiga zarba bergan. Bu kabi hollarda qizil kartochka ko‘rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini noto‘g‘ri, deb hisobladi.

4-vaziyat. «Neftchi» - «Bunyodkor» qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

«Neftchi» - «Bunyodkor» uchrashuvining 80-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi va shu holatda to‘p mezbonlarning 20-raqamli futbolchisiga tegib, o‘yinga qaytdi. Bosh hakam Doston Rahmonov mazkur epizodda to‘p qo‘lga tegmaganini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda videotakrorlardan ko‘rish mumkinki, to‘p futbolchining qo‘liga emas, qorin qismiga tekkan. Penalti belgilash uchun asos mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

5-vaziyat: «Metallurg» - OKMK o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

«Metallurg» - OKMK uchrashuvining 90+2-daqiqasida mezbonlarning 9-raqamli a’zosi jarima zarbasini ijro etdi va zarbadan so‘ng to‘p olmaliqliklarning 22-raqamli vakiliga tegib, maydonga qaytdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin qo‘l bilan o‘yin yo‘qligini va qoidabuzarlik holati qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR hakami holatga aralashib, xato qilgan. To‘p himoyachining qo‘liga tegmagan. Shu bois, komissiya bosh hakamning qarorini qo‘llab-quvvatlaydi va uni to‘g‘ri, deb topdi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 10:31, 06.11.2024.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.