Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf

MMA: 29 nafar sportchimiz yarim finalda jang qiladi

MMA: 29 nafar sportchimiz yarim finalda jang qiladi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi “Humo arena” majmuasida o‘tayotgan aralash jang san’ati turlari (MMA) bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasining 41 nafari yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib bordi.

Ular orasida vazni 93 kg. bo‘lgan Shamshod Shukurov Angola vakili Anderson Guveiyani ochkolar hisobida yengdi. 97 kg. vazn toifasidagi bellashuvlarda Asrorbek Anvarjonov qozog‘istonlik Mels Shilmurzayevni muddatidan avval yenggan bo‘lsa, ushbu vazndagi ikkinchi sportchimiz Islombek Qodirov bolgariyalik Jorji Xristovni 2-raundda texnik nokautga uchratib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Vazni 65,8 kilogrammgacha bo‘lgan Zafar Rashidov armanistonlik raqibi Arusxanyan Narekni ilk raundda texnik nokautga uchratdi. 56,7 kg. vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Firdavs Hayitmatov portugaliyalik Mario Ferreyra ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, kun davomida o‘tkazilgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 29 nafar MMA ustasi o‘z vazn va yosh toifasida yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Endi ular bugun so‘nggi hal qiluvchi finalga chiqish uchun bellashadi.

Manba: uza
Kiritildi: 11:12, 08.11.2024.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.