Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Zidan "Real"ga qaytishni istisno etmoqda, uning maqsadi boshqa

Zidan "Real"ga qaytishni istisno etmoqda, uning maqsadi boshqa

Baho:
+ | -

So‘nggi kunlarda Zinedin Zidanning "Real Madrid"ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar qayta avj oldi. So‘nggi omadsizliklar, jumladan, "Barselona"ga qarshi o‘tkazilgan "klasiko"da 4:0 hisobida mag‘lubiyat va Chempionlar ligasida "Milan"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lish bu xabarlarni yanada kuchaytirdi. Biroq Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, fransiyalik murabbiyning Madridga qaytishi endi butunlay inkor etilgan.

"Real"ni ikki marta (2016—2018 va 2019—2021) boshqargan Zidan Karlo Anchelotti iste’foga chiqishi mumkin bo‘lgan taqdirda jamoaga qaytish niyatida emasligini aytdi. Klub prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi munosabatda bo‘lishiga qaramay, Zidan murabbiylikka qaytishga shoshilmayapti va jozibadorroq takliflarni kutishni afzal ko‘radi.

Zidanning asosiy maqsadi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligi bo‘lib qolmoqda. U Didye Deshamdan so‘ng bu lavozimni egallashga umid qilmoqda.

Kiritildi: 16:16, 08.11.2024.
O'qildi: 4089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик