Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" jadvalda "Barselona" bilan farqni qisqartirdi

"Real" jadvalda "Barselona" bilan farqni qisqartirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" "Real"ga jadvalda ularga yaqinlashish imkoniyatini berdi.

La Liganing 13-turida bosh murabbiy Xansi Flik shogirdlari safarda "Sosyedad"dan mag‘lub bo‘ldi (0:1), Madridliklar o‘z maydonida "Osasuna"ni mag‘lub etdi (4:0).

"Barselona" 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Real" ikkinchi o‘rinda (27) va ularda zaxira o‘yini bor - "Valensiya"ga qarshi o‘yin Dana bo‘roni oqibatlari tufayli qoldirildi.

"Atletiko" 26 ochko bilan uchinchi o‘rinda. Kuchli to‘rtlikni "Vilyarreal" (24) yakunlab turibdi.

Keyingi o‘rinlarda "Osasuna" (21), "Atletik" (20), "Betis" (20) va "Real Sosyedad" (18) joy olgan.

Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan "Jirona" kuchli o‘ntalikni (18) yakunlaydi. "Sevilya" 13-o‘rinda (15), "Valensiya" 20-o‘rinda (11 o‘yindan keyin 7 ochko).

Kiritildi: 03:15, 11.11.2024.
O'qildi: 6237 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик