Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio 0-2 Napoli
04/01 17:30 Lids 1-1 Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya 0-3 Levante
04/01 19:00 Fiorentina 1-0 Cremonese
04/01 20:00 Everton 2-4 Brentford
04/01 20:00 Nyukasl 2-0 Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem 1-1 Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid 5-1 Betis
04/01 20:15 Fulhem 2-2 Liverpul
04/01 22:00 Verona 0-3 Torino
04/01 22:30 Malyorka 1-2 Jirona
04/01 22:30 Alaves 1-1 Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti 1-1 Chelsi
05/01 00:45 Inter 3-1 Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko
06/01 19:00 Piza - Komo
06/01 22:00 Lechche - Roma

"Bavariya" o‘z futbolchisini APLga qo‘yib yuborishga tayyor

"Bavariya" o‘z futbolchisini APLga qo‘yib yuborishga tayyor

Baho:
+ | -

Germaniyaning "Bavariya" klubi "Arsenal" va "Manchester Yunayted" xizmatlariga qiziqish bildirayotgan vinger Leroy Saneni qo‘yib yuborishga tayyor.

"Arsenal" anchadan beri Bukayo Sakaning ish yukini yengillashtirish uchun hujumkor o‘yinchi qidirmoqda.

"Manchester Yunayted" o‘z navbatida Ruben Amorimning bosh murabbiy etib kelishi bilan bog‘liq navbatdagi qayta qurish arafasida turibdi.

Bild nashri xabariga ko‘ra, Angliyaning ikkala grandi ham APLda allaqachon tajribaga ega bo‘lgan, 4 mavsum "Manchester Siti"da o‘ynagan Sanega ko‘z tikishgan.

Sanening amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va "Bavariya" 28 yoshli germaniyalik futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndirish uchun biroz harakat qildi, ammo behuda.

Myunxenda ular Saneni klubga juda qimmatga tushayotganiga ishonishadi va faqat maoshi 25 foizga kamaytirilgan holda yangi shartnoma imzolashga tayyor, bu esa Leroyga yoqmaydi.

Aftidan, Sane endi "Bavariya"ni tark etadi. Agar myunxenliklar yanvar oyida Leroyga xaridor topa olmasa, vinger mavsum oxirida erkin agent sifatida ketadi.

Kiritildi: 22:18, 13.11.2024.
O'qildi: 2566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.