Londonning "Arsenal" klubi vingeri Leandro Trossard Belgiya terma jamoasi uchun o‘yinda jarohat oldi.
29 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasida Isroilga qarshi kechgan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo 37-daqiqada jarohat tufayli almashtirildi. Maydonda Trossardning o‘rnini Yoan Bakayoko egalladi. "Kanonirlar" vakili jarohati qanchalik jiddiy ekani hozircha noma’lum.
Bugungi o‘yin Leandro Trossard uchun Belgiya terma jamoasidagi 41-o‘yin bo‘ldi. Futbolchi joriy mavsumda "Arsenal" safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.