Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dyokeresh - 2004 yildan beri Shvesiyaning rasmiy o‘yinda poker qayd etgan birinchi futbolchisi

Dyokeresh - 2004 yildan beri Shvesiyaning rasmiy o‘yinda poker qayd etgan birinchi futbolchisi

Baho:
+ | -

Seshanba kuni kechqurun Shvesiya terma jamoasi Millatlar ligasida Ozarbayjonni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Hozirda ko‘plab Yevropa grandlari tomonidan kuzatilayotgan hujumchi Viktor Dyokeresh poker muallifiga aylandi.

Mister Chip nomi bilan tanilgan jurnalist Aleksis Martin-Tamayoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, u 2012 yil 11 noyabrdan beri Shvesiya terma jamoasining birinchi poker qayd etgan o‘yinchisi. O‘shanda Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Zlatan Ibrahimovich to‘rtta gol urgan edi.

Rasmiy o‘yinlarni oladigan bo‘lsak, Shvesiya terma jamoasi o‘yinchisining oxirgi marta pokeri 2004 yil mart oyida qayd etilgan. O‘shanda ham Ibrohimovich to‘rtta gol urgandi - Malta darvozasiga.

Kiritildi: 16:17, 20.11.2024.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик