Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

O‘zPFL futbolchi passportini to‘liq elektronlashtirishga erishdi

O‘zPFL futbolchi passportini to‘liq elektronlashtirishga erishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yosh futbolchining professional karerasini boshlashi va uning xorij klubiga yo‘l olishida futbolchi passporti muhim o‘rin tutadi. Ammo yillar davomida futbolchi pasportini soxtalashtirish, undagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kabi holatlar kuzatilgan.

Buning oqibatida yosh futbolchini tarbiyalaganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mashg‘ulot kompensasiyasi, birdamlik mexanizmi orqali klublar hisob-raqamiga tushishi lozim bo‘lgan mablag‘lar masalasida tartib o‘rnatish qiyin edi. Ayrim holatlarda murabbiy yoki biror rasmiy vakil klubga kelishi lozim bo‘lgan mablag‘ni o‘zlashtirishi kuzatilgan. Tabiiyki, futbolchini tarbiyalashda ishtirok etgan mutaxassislar shu tariqa tushumdan o‘z ulushini ololmagan.

MyLeague platformasi yordamida Liga futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini bosqichma-bosqich rivojlantirib keldi. 2024 yilga kelib nafaqat professional futbolchilar, balki Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan futbol klublarining tarbiyalanuvchilari ham MyLeague platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ta boshladi. Bu bilan birinchi navbatda FIFA talabi bajarildi hamda har bir futbolchi uchun FIFA tomonidan beriladigan maxsus ID aks eta boshladi. Shuningdek, FIFA Slearing House tizimi talablariga moslashish osonlashdi.

Buning davomi sifatida endilikda Liga ro‘yxatidan o‘tadigan 23 yoshgacha bo‘lgan har bir o‘zbekistonlik futbolchining elektron pasportini yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Uning yo‘nalishlari va shartlari tez orada yangilanadigan "Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament" orqali tartibga solinadi.

Futbolchi passporti to‘liq elektron tarzda to‘lib boradi. Yosh futbolchi futbol mavsumlarini qaysi maktabda o‘tagani va bu mavsumlar davomida unga kim ustozlik qilgani rasmiy tarzda aks etadi. Mazkur ma’lumotlarni soxtalashtirishga bo‘lgan har qanday urinish yo‘qqa chiqishi uchun kurashiladi. Keyinchalik futbolchi ilk professional shartnomasini imzolayotganda mashg‘ulot kompensasiyasi aynan elektron pasportda aks etgan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqiladi. Ya’ni, bu kabi ishdan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanish kabi holatlar minimallashtiriladi.

Passport uchun MyLeague platformasi orqali Liga ro‘yxatidan o‘tgan futbolchining shaxsiy identifikasiya raqami ko‘rsatilishi lozim. Bunda futbolchi ID-kartaga ega bo‘lsa, unda qayd etilgan shaxsiy identifikasiyalovchi raqam platformaga kiritiladi. Agar futbolchi Liga ro‘yxatidan o‘tguniga qadar ID-karta olmagan bo‘lsa, uning shaxsiy identifikasiyalovchi raqami FHDY organi tomonidan beriladigan ma’lumotnomaga asosan qayd etiladi.

Izoh. Quyidagi suratda elektron passport shabloni aks etgan. Undagi ayrim ma’lumotlar haqiqiysidan farq qilishi mumkin, ammo u tasavvurga ega bo‘lish uchun yordam bera oladi. Futbolchi ro‘yxatdan o‘tgan klub rasmiysi shu futbolchiga tegishli ma’lumotlarni Liga reglamentlari asosida platformaga kiritib borishi evaziga barcha detallar aniq ko‘rsatilishiga erishadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:40, 24.11.2024.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик