Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

UEFA va OFK mutaxassislari bilan ayollar futbolini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

UEFA va OFK mutaxassislari bilan ayollar futbolini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati UEFAning ayollar futboli bo‘yicha mutaxassislari Kris Milnes va Elis Kossafi hamda OFK mutaxassisi Amir Assokan bin Abdulla bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekistonda ayollar futboli va futzali rivojlanib borayotgani qayd etildi. UYEFA vakillari tomonidan ayollar futbolini isloh etishda OFK bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengayishi zarurligi, ushbu hamkorlikdan maqsad O‘zbekistonda va Osiyoning boshqa bir qator mamlakatlarida ayollar futboliga e’tiborni kuchaytirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi hamda turli yoshdagi terma jamoalar, ayollar ligasi, ommaviy futbol, hakamlik va murabbiylar ta’limi singari muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 3 yillik dastur taqdim etildi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov so‘nggi yillarda ayollar futboliga e’tibor tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlab, mamlakatimiz 2029 yilda ayollar futboli bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi buning yaqqol isboti ekanini qayd etdi.

«Belgilangan rejalar aniq, biroq ularni amalga oshirishda bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak», dedi Ravshan Irmatov.

Shuningdek, O‘FA birinchi vise-prezidenti tomonidan «Grassroots» va «Football for Schools» dasturlarida qizlar ulushini oshirish, so‘ngra ularni professional futbolga jalb qilish, ayol murabbiylar va referilar uchun UEFAga a’zo mamlakatlarda o‘quv kurslari tashkil etish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishga oid muhim takliflar ilgari surildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:45, 25.11.2024.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.