Kirish Ro'yxatdan o'tish

Noyer bu borasida 4-darvozabonga aylandi

Noyer bu borasida 4-darvozabonga aylandi

Baho:
+ | -

Manuel Noyer - yevrokuboklarda 150 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan tarixdagi 4-darvozabonga aylandi.

"Bavariya"ning 38 yoshli darvozaboni Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan "PSJ"ga (1:0) qarshi o‘yinda ishtirok etdi.

Bu o‘yin uning ushbu turnirdagi 145-uchrashuvi bo‘ldi. U UYEFA kubogida ham 5 ta o‘yin o‘tkazgan (2008/09 yilgi mavsumda "Shalke" tarkibida).

Shu tariqa, Noyer yevrokuboklarda jami 150 ta o‘yin o‘tkazdi (UYEFA Superkubogi uchun o‘yinlarni hisobga olmaganda).

Darvozabonlardan faqat Iker Kasilyas (179), Janluidji Buffon (159) va Xose Reyna (157) Yevropaning yirik klub musobaqalarida ko‘proq o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 08:57, 27.11.2024.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик