Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Bektemir Abdumannonov: “Faqat g‘alaba! Chempionatni yaxshi kayfiyatda yakunlamoqchimiz”

Bektemir Abdumannonov: “Faqat g‘alaba! Chempionatni yaxshi kayfiyatda yakunlamoqchimiz”

Baho:
+ | -

30 noyabr kuni Superliganing so‘nggi turida “Andijon” Namanganda “Navbahor”ga qarshi vodiy derbisida maydonga tushadi. Tabiiyki, bor e’tibor bo‘lajak o‘yinga qaratilgan. Bu borada “Andijon” jamoasi namanganliklarga qarshi bahsga astoydil tayyorgarlik ko‘ryapti.

Ma’lumki, oktyabr oyida ham bu jamoalar O‘zbekiston Kubogi finalida to‘qnash kelishgan va unda sevimli jamoamiz tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritishgan. Undan avval esa “Burgutlar” chempionat doirasida “Bobur arena”da “Navbahor”ni 3:0 hisobida taslim qilishgan.

“Andijon”ning tinib-tinchimas futbolchisi, qanotda o‘zining reydlari bilan raqiblarga jiddiy xavf tug‘dirib kelayotgan yarim himoyachi Bektemir Abdumannonov vodiy derbisi oldidan klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. 

-  Bektemir, chempionat yakuniga bir tur qoldi va “Andijon” oxirgi o‘yinni Namanganda o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv oldidan nimalarni o‘ylayapsiz va tayyorgarlik qanday ketmoqda?

-  Jamoa bilan oxirgi o‘yinga juda yaxshi tayyorlanyapmiz. Bu yilgi mavsumni g‘alaba bilan yakunlab qo‘ymoqchimiz. Hamma yaxshi kayfiyatda damga chiqib ketishni xohlaydi.

-  Ma’lumki, “Andijon” shu yilning o‘zida “Navbahor” bilan ikki marta o‘ynadi va ikkalasida ham uchtadan gol urib g‘alaba qozondi. Ayting-chi, “Navbahor” “Andijon” uchun qulay raqibga aylandimi?

-  Derbi uchun alohida tayyorgarlik bo‘ladi. Jamoa yaxshi kayfiyatda. Namanganda ajoyib o‘yin bo‘ladi. Barcha muxlislarimizni ushbu uchrashuvga chorlab qolamiz.

-  Oktyabr oyidagi O‘zbekiston Kubogi finalidan keyin “Navbahor” qanchalik o‘zgardi, deb o‘ylaysiz?

-  “Navbahor” yaxshi jamoa. Final bitta o‘yindan iborat bo‘lgani uchun omad bizga kulib boqdi. Chempionatning oxirgi uchrashuvi ham qiziqarli kechadi.

-  “Andijon” so‘nggi tur oldidan “Dinamo”ni yirik hisobda yutdi va Superligada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qolish masalasini hal qildi. Bu g‘alaba jamoaga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi, deb o‘ylaysiz?

-  Bizga g‘alaba kerak edi va buni uddaladik. Keyin bir kun dam oldik. Oxirgi uchrashuv uchun hamma diqqat-e’tiborini qaratgan. Nasib qilsa, biz o‘z muxlislarimizni xursand qilamiz.

-  Bu yil vodiy derbilarida to‘p surib o‘zingiz uchun nimani kashf qildingiz?

-  Vodiy derbisi har doim alohida o‘yindek o‘tadi. Nima kashf qilgan bo‘lsam ham buni jamoam bilan amalga oshirdim.

-  Namangandagi uchrashuvda eng asosiy e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan jihat, nima?

-  Faqat g‘alaba! Chempionatni yaxshi kayfiyatda yakunlamoqchimiz.

-  “Andijon” hech kimdan qo‘rqmaydi va ayniqsa yetakchilarga qarshi qanday o‘ynashni yaxshi biladi. Masalan, Kubok finali bunga yaqqol misol. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, oxirgi o‘yinda qanday qilib ijobiy natijaga erishishni ko‘zlayapsiz?

-  Murabbiyni aytganini qilsak va to‘g‘ri harakat qila olsak, albatta yutamiz.

Kiritildi: 10:35, 28.11.2024.
O'qildi: 1564 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик