Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aleksandr Xomyakov: «Derbi ekanligini hisobga olsak, yigitlar zo‘r o‘ynashdi»

Aleksandr Xomyakov: «Derbi ekanligini hisobga olsak, yigitlar zo‘r o‘ynashdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 26-turidan o‘rin olgan «Navbahor» hamda «Andijon» (3:3) klublari ishtirokidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— Uchrashuv qanday o‘tdi? Shu haqdagi fikringiz...

— Hammasini o‘zingiz ko‘rdingiz. Uchrashuv dramatik tarzda kechdi. Mezbon jamoaga g‘alaba kerak edi. Derbi ekanligini inobatga olgan holda raqibga qarshi yigitlar zo‘r o‘ynashdi. Bellashuvda xarakter ko‘rsatganlari uchun ularga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Umuman olganda, o‘yin juda qiziqarli tarzda kechdi, to‘g‘rimi? Maydon egalari avvaliga hisobda ortda qoldi, uni tenglashtirdi. Keyin yana shu tarzda davom etdi. Albatta, bahs oxirida kerak bo‘lmagan golni o‘tkazib yuborganimiz alam qildi. Afsuski, shunaqasi ham bo‘lib turadi. Nazarimda, durang ham yomon natija emas.

— Bugungi natijadan ko‘nglingiz to‘ldimi, kimlargadir e’tirozingiz bormi?

— Albatta, yuqorida qayd etib o‘tganimdek, o‘yin oxirida gol o‘tkazib yuborish hech kimga yoqmaydi. Chunki yigitlar katta kuch sarfladilar. To‘g‘ri, g‘alaba qozonishni xohlagandik. Hakamlik, uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan menda hech kimga e’tiroz yo‘q.

— «Andijon» bilan bog‘liq bo‘lajak rejangiz qanday? Jamoa keyingi yilni ham qo‘l ostingizda o‘tkazadimi?

— Men bu haqda gapirgandim, shekilli, to‘g‘rimi? «Andijon» bilan shartnomam bor. Endi hammasini rahbariyat bilan muhokama qilib olish kerak bo‘ladi. Nihoyasiga yetgan mavsum borasida yakuniy xulosa chiqarish darkor. Agar o‘tgan yilga taqqoslaydigan bo‘lsak, biz ko‘proq ochko jamg‘argan va shunga yarasha jadvalda ancha yuqori o‘rinda joylashgandik. Yana nimani qo‘shimcha qilsam ekan, bir narsa deyish qiyin... Hozircha ishlayapmiz. Kelgusi mavsum borasida hali rejalar yo‘q, hisobi. Buning uchun avvalo rahbarlar bilan kengashish kerak bo‘ladi.

— O‘zbekiston Kubokdagi g‘alabani hisobga olmasdan aytganda, bugungi o‘yin borasidagi fikrlaringizga yana nimanidir qo‘shimcha qila olgan bo‘larmidingiz? Yana bir savol: «Andijon» kelgusi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘ryaptimi? Harqalay, klub xalqaro maydonda to‘p suradi...

— Bugungi bahs haqida fikr bildirib bo‘ldim. Darhaqiqat, «Andijon» kelgusi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Tabiiyki, rahbariyat bu haqda allaqachon o‘ylashni boshlagan. O‘z-o‘zidan endi birga o‘tirib, kimlarni tarkibga qo‘shish masalalari bo‘yicha o‘ylaymiz. Hozirda bu masala yuzasidan rahbarlar bilan gaplashishning ayni mavridi. Nihoyasiga yetgan mavsum borasida yetarlicha gaplashdik. Boya aytib o‘tganimdek, birinchi davrada yomon ishtirok etmadik. Ammo ikkinchi davradagi o‘yinlarda qoniqarli darajada to‘p surdik, deya olmayman. Bizga yupanch bergan asosiy voqea — bu Kubokka ega chiqqanimiz va OCHLda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lganimizdir.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:19, 30.11.2024.
O'qildi: 841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик